Dasturiy platforma ishlab chiqish
Birinchishop platformasini to'liq o'zimiz yaratamiz: veb-panel, Android ilova va Telegram bot. Arxitektura, kod va infratuzilma kompaniyaning o'zida.
Dasturiy ta'minot kompaniyasi · O'zbekiston
O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan dasturiy ta'minot kompaniyasi. Birinchishop hamkorlik platformasining egasi va ishlab chiquvchisi.
Faoliyat
Kompaniyaning asosiy ishi — o'z dasturiy mahsulotini ishlab chiqish va undan foydalanish huquqini berish.
Birinchishop platformasini to'liq o'zimiz yaratamiz: veb-panel, Android ilova va Telegram bot. Arxitektura, kod va infratuzilma kompaniyaning o'zida.
Hamkor tovarni internetda reklama qiladi, platforma esa buyurtmani kuzatadi, holatini ko'rsatadi va yetkazilgan har bir buyurtma uchun hamkorning haqini hisoblaydi.
REST API, webhook va postback, Node.js hamda Python uchun SDK, AI agentlar uchun MCP server — tashqi tizimlar platformaga to'g'ridan-to'g'ri ulanadi.
Hamkorlar uchun AI yordamchi, reklamani avtomatik boshqarish va buyurtmaning yetkazilish ehtimolini baholaydigan model.
Mahsulot
Birinchishop — O'zbekistonda ishlaydigan hamkorlik (CPA) platformasi. Hamkorlar tovarni Telegram, Instagram, TikTok yoki target reklama orqali tanitadi va yetkazilgan har bir buyurtma uchun haq oladi.
Platforma dasturiy xizmat hisoblanadi: u xaridordan to'lov qabul qilmaydi. Xaridor tovar uchun uni qabul qilib olganda to'laydi.
Birinchishop platformasi "AFFILIATE 7" MChJga tegishli va shu kompaniya tomonidan boshqariladi.
birinchishop.uzYetkazilgan har bir buyurtma uchun platforma hamkorning haqini hisoblaydi.
Rekvizitlar
Birinchishop yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT Nazarov Anvar) nomidan ish boshladi.
Shu kundan platforma "AFFILIATE 7" MChJ nomidan ishlaydi.
Aloqa
Hamkorlik, integratsiya va rasmiy so'rovlar bo'yicha yozing.